Yangiliklar

Har hafta UzCoder yangi imkoniyatlar oladi — bu yerda barcha yangilanishlar ro'yxati.

Qidiruv, yangi limitlar va silliq agent

Qidiruv: hozirgi narsalar haqidagi savollarga (kurs, narx, yangilik, ob-havo) agent internetdan javob beradi — kirgan har bir sayt chatda ko'rinadi, javobda manbalar [1], [2]. · Yangi limitlar: kredit tugab qolmaydi — har tarif 5 soatlik va haftalik limit beradi, o'zi yangilanadi. Qancha ishlatilgani va qachon yangilanishi foizda ko'rinadi. · Power Pro'dan 2.5×, Max 5×, Enterprise 10× ko'p limit; Free'da ham Power model, Pro'da Max model. · Agent javoblari so'zma-so'z, silliq yoziladi; qadamlar birin-ketin paydo bo'ladi; slaydlar va referat bo'limlari yumshoq ochiladi. · Yangi shrift: SF Pro Rounded (Apple qurilmalarida tizimniki, boshqalarida uning ochiq egizagi).

UzCoder Studio: Slayd, Referat va Mehmonlar

Slayd agenti: 13 xil slayd turi, 18 ta mavzu (Samarqand va Atlas — milliy mavzular), AI rasmlar, rangli ikonlar, ma'ruzachi matni, taqdimot rejimi, PDF va PPTX eksport. · Referat agenti: referat, mustaqil ish, kurs ishi, esse — O'zbekiston OTM standartida, haqiqiy internet manbalari bilan; Word (DOCX) va PDF. · Mehmonlar: sun'iy mijozlar ilovangizni haqiqiy brauzerda sinab, baho va tuzatishlar beradi. · Agent endi avval tushunadi: salomga suhbat, noaniq so'rovga variantli savollar, aniq vazifaga — ish. · Davomiy so'rovlarda agent loyihani qaytadan qurmaydi: loyiha xaritasi, o'zgarmagan fayllarni qayta o'qimaslik, eski chat qisqacha xotirada. · Yo'llar va Android paketlari avtomatik to'g'rilanadi (./src, frontend/…, com.math.app papkalari, Kotlin package ↔ namespace). · Kod jonli muharrirda yoziladi: sintaksis ranglari, qator raqamlari, silliq yozilish effekti. · Shisha (glass) effektlari qayta ishlandi: miltillash yo'q, kuchsiz kompyuterlarda yengil rejim avtomatik yoqiladi; telefonlarda iOS uslubidagi pastki menyu.

Har qanday model bilan ishonchli ishlash

Chiqish limiti bilan kesilgan fayllar yo'qolmaydi — agent qolganini davom ettiradi. · Dizayn sifati tekshiruvi (ranglar, responsive, kirish imkoniyati) har yakundan oldin. · CI/CD: har o'zgarishda testlar va production build.

Hosting, ilova ichida to'lov, vizual tahrir

UzCoder Hosting — nom.uzcoder.xyz manzilida SSL bilan bir bosishda. · Ilovalarda karta orqali to'lov qabul qilish. · Preview'da elementni bosib o'zgartirish (Visual edit) va rasmdan dizayn.